Ikki hududda ming tonnadan ortiq asfalt mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi
Ikki hududdagi obodonlashtirish boshqarmalarida asfalt bilan bog‘liq yirik talon-toroj holatlari fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari 634 tonna asfaltni noqonuniy ravishda sotib yuborib, undan tushgan 348,7 million so‘m mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 540 tonna asfalt qabul qilib olingani haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, 324 million so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!