O‘zbekistonliklar Dubayga ishga taklif etildi
O‘zbekiston fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay xalqaro aeroportida xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga taklif etilmoqda.
Dubay xalqaro aeroportidagi biznes va birinchi toifa yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan maxsus kutish zallarida ayollar va erkaklar uchun 80 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Viza, aviachipta, aeroportdan ish joyigacha transfer, tibbiy sug‘urta, turar joy, ovqatlanish hamda ish joyiga borib-kelish transport xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Asosiy shartlar: oylik maosh 2 250 dollar, ish vaqti kuniga 8 soat, shartnoma muddati 2 yil. Arizalar Xorijda ish platformasi orqali 13-avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!