Rossiya bayrog‘ini poyandoz qilgani aytilgan o‘zbekistonlik ayol ishi nazoratga olindi
Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida o‘zbekistonlik ayol Rossiya bayrog‘i va gerbi tasviri tushirilgan gilamchani ostonaga to‘shagani sababli unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holatni nazoratga olganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, konsulxona Rossiya Federatsiyasining tegishli davlat organlari bilan aloqa o‘rnatib, voqeaning barcha tafsilotlariga oydinlik kiritish hamda O‘zbekiston fuqarosining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan rasmiy ma’lumot so‘ragan.
Shuningdek, videoda o‘zini O‘zbekiston fuqarosi Sevara Musayeva deb tanishtirgan ayolga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 329-moddasi (davlat bayrog‘i yoki davlat gerbini haqorat qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Sevara Musayevaning aytishicha, u mazkur gilamchani bir necha kun avval ko‘chadagi chiqindilar orasidan topib, yuvib-tozalagan va uyiga olib kirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!