Nogironlik nafaqasiga chiqarishni va’da qilgan shifokorlar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi markaziy shifoxonasi bo‘lim shifokori I.A. fuqaro S.E.ni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarish va hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Departamentning Bog‘ot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi shifokori K.B. 300 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.A.ni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarib berishini va’da qilib, kelishilgan puldan 3,6 mln. so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!