The Wall Street nashrining yozishicha, Suriyada Asad rejimi qulaganidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan harbiy guruhlar koalitsiyasiga kiruvchi turkparast kuchlar va AQSh qo‘llab-quvvatlab kelayotgan kurd kuchlari o‘rtasida fuqarolar urushi boshlanishi mumkin.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kurdlarning mustaqillikka urinishi Suriyaning yangi hukumati tomonidan qattiq qarshilikka uchrashi Anqarani Suriya muammolariga yanada chuqurroq aralashishga undashi, shuningdek, mamlakatda joylashgan AQSh qo‘shinlarini qiyin ahvolga solishi mumkin.
Qayd etilishicha, Suriya muxolifatining bo‘linishi, shuningdek, Isroil, Turkiya va AQShning mamlakat ishlariga aralashuvi davom etishi xavfi saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!