The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Turkiya Suriya shimolida harbiylarini to‘plab, keng ko‘lamli hujumga tayyorlanmoqda.
Tayyorgarlik Asad rejimi qulagandan keyin faollashgan. Kurdlar hujum 2019-yilda bo‘lgani singari istalgan vaqtda boshlanishi mumkinligini aytgan. Ular AQShning saylangan prezidenti Donald Trampdan hujumning oldini olish uchun Anqaraga nisbatan bosim o‘tkazishni so‘ramoqda.
“Turkiya Suriyada o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda, bu esa Isroilda xavotir uyg‘otmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘tgan hafta turk kuchlari avval kurdlar nazoratida bo‘lgan Manbij shahrini qo‘lga kiritgan va sharqqa tomon ilgarilab boryapti. Turkiya o‘z chegarasi bo‘ylab bufer zona yaratishga intilmoqda, ularning fikricha bu kurd harbiy tuzilmalaridan himoyalanishda ahamiyatli.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!