Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, mansabdor umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng u hujjatlarni sudga yubormaslik va muassasani yopib qo‘ymaslik evaziga 3 million so‘m talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u talab qilingan pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda bunday qonunbuzilish holatlariga duch kelganda tegishli idoralarga murojaat qilishga chaqirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!