Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!