Avvalroq, rossiyalik diplomatlar Ukrainani tark etishi haqida xabar qilingandi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi buni diplomatik vakolatxonalar xodimlari hayotini himoya qilish istagi bilan izohladi, chunki 2014-yildan beri Kiyevdagi elchixona, Odessa, Lvov va Xarkovdagi bosh konsulliklar bir necha marta hujumlarga uchragan.
Kiyevdagi Rossiya elchixonasi binosidan Rossiya davlat bayrog‘i tushirildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzolagandi. Bunga javoban Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirib oldi va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzish taklifini yubordi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!