$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazuvchi 6 odat

10:50 / 14.01.2022

Koʻzlar – odamning maʼlumot qabul qilish jarayonida faol ishtirok etuvchi tana aʼzolaridir. Siz ortiqcha eʼtibor qaratmaydigan ayrim odatlar oxir-oqibatda koʻzlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi, ayrim holatlarda koʻrish qobiliyatining butunlay yoʻqotilishiga olib keladi.

Bunday holatning oldini olish uchun eng avvalo zararli odatlardan xalos boʻlish lozim. Boisi, kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olish osonroqdir.

Koʻzlarni qoʻl bilan ishqalash

Koʻzlarni qoʻl bilan bosib ishqalash koʻzning bosim taʼsirida qolishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, qoʻllar toza boʻlmagan holatda teri yuzasidagi bakteriyalar koʻzning shilliq qavatiga tushadi va yalligʻlanish jarayonini keltirib chiqaradi.

Yaroqlilik muddati oʻtgan kosmetikadan foydalanish

Kosmetik vositalarni qadoqda koʻrsatilgan yoʻriqnomaga binoan saqlash kerak. Yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin esa ulardan foydalanish mutlaqo mumkin emas. Koʻz atrofidagi soha uchun moʻljallangan kosmetik vositalarni sotib olishda esa tejamkorlik qilmagan maʼqul.

Pardoz bilan uxlash

Pardoz bilan uyquga yotish nafaqat yuz terisi, balki koʻzlar salomatligiga ham zarar yetkazadi. Har kuni uyquga yotishdan avval pardozingizni ehtiyotkorlik bilan tozalab oling, yoʻqsa boʻyoq zarralari koʻzning shilliq qavatiga tushib qolishi mumkin. Bu esa oʻz-oʻzidan yalligʻlanishga sabab boʻladi.

Linza bilan uxlash

Bugungi kunda kontakt linzalar har qachongidan ham ommalashgan. Ammo, ularni uzluksiz ravishda taqib yurish mumkin emas. Koʻzlar vaqti-vaqti bilan linzadan dam olishi kerak, ularni yechgandan soʻng maxsus suyuqlik ichiga solib qoʻying. Hech qachon past sifatga ega arzon linza sotib olmang, uni yechmasdan turib uxlashga yotish koʻz kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynakdan voz kechish

Koʻzlarni quyosh nurlaridan himoya qiluvchi koʻzoynakni yilning toʻrt faslida taqish kerak. Quyosh nurining koʻzlarga toʻgʻridan-toʻgʻri tushishi oqibatida jiddiy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Kompyuter taʼsiridan himoyalanmaslik

Agar kun boʻyi kompyuterda ishlashingizga toʻgʻri kelsa, kun oxiriga kelib koʻzlaringiz qurib qolishi tayin. Tadqiqotchilar kun boʻyi kompyuter qarshisida oʻtirib ishlash koʻzning shoh pardasiga zarar yetkazishi va koʻrish qobiliyatining yomonlashishiga sabab boʻlishini isbotlab berishgan.

Buning oldini olish uchun oftalmologlar “20-20-20” qoidasidan foydalanishni maslahat berishadi. 20 daqiqa vaqtni kompyuter qarshisida ishlab oʻtkazganingizdan keyin nigohingizni 20 qadam narida turgan biror buyumga qarating va ushbu holatni 20 soniya davomida saqlab turing. Ushbu mashq koʻzlardagi bosimni kamaytirishga yordam beradi.


salomatlik


														
														Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tillilik Altsgeymerdan himoya qilishi mumkin

Ikki tildan foydalanish odamlarni ma’lum darajada keksalikdan himoya qilishi uzoq vaqtdan beri ma’lum.
14:00 / 23.03.2024

														
														Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Saraton kasalliklarida eng foydali yegulik

Olimlar tomonidan tadqiqot o‘tkazildi.
13:43 / 14.03.2024

														
														Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketsa bo‘ladimi?

Stressdan tez chiqib ketish uchun tavsiyalar.
13:23 / 02.03.2024

														
														Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Yoshlikni kamida 5 yilga uzaytirishga yordam beradigan mahsulotlar

Shunday qilib, mutaxassislar ovqatlanish uchun ideal formulani aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.
11:25 / 01.03.2024

														
														Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak bo‘lgan taomlar ro‘yxati

Tabiiy yog‘lar qizdirilganda trans yog‘larga aylanadi.
15:04 / 24.02.2024

														
														O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

O‘ta kuchli uyquchanlik kasallik bo‘lishi mumkin

Narkolepsiya - bu uyqu buzilishlari guruhidagi surunkali kasallik.
12:11 / 22.02.2024

														
														Gadjetlar nima uchun zararli?

Gadjetlar nima uchun zararli?

Boshning har 2-3 santimetr egilishida bo‘yin ushlab turishi kerak bo‘lgan vaznga 4-5 kilogramm yuk  qo‘shiladi.
13:18 / 15.02.2024

														
														Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Allergiya nimadan qo‘rqadi?

Tailandlik olimlarning ta’kidlashicha, allergik ta’sirlanishlar biz iste’mol qiladigan qatiqqa teskari proporsionaldir.
11:42 / 14.02.2024

														
														Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Sog‘likka zarar yetkazadigan xato

Yuvish vositalarida mavjud bo‘lgan moddalar tanaga zararli bo‘lishini bilarmidingiz? U qo‘l terisida qichishish va jiddiy de…
10:21 / 14.02.2024

														
														Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Kollagen rostdan foydalimi yoki shunchaki pulni behuda sarflashmi?

Yosh o‘tgan sari inson tanasi kamroq kollagen ishlab chiqarishni boshlaydi.
17:14 / 09.02.2024

Bu ham qiziq

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Marsning janubiy mintaqasida “o‘rgimchak” topildi

Bu izlar "o‘rgimchak" deb nomlandi.
12:07 / 26.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024
Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Isroil samolyoti G‘azodagi mahalliy aholiga zarba berdi

Hujum oqibatida bir falastinlik halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan.
12:14 / 26.04.2024
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
14:16 / 25.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!