Bugun dunyoning turli burchaklarida Xalqaro choy kuni nishonlanadi. 1939-yilning aynan mana shu kunida “Shamollarda qolgan hislarim” filmi ilk bor ekran yuzini koʻrgan, 1970-yilda esa sovet ittifoqiga tegishli sayyoralar aro stansiya Venera sayyorasiga qoʻngan.
Xalqaro choy kuni
Choy – dunyodagi eng mashhur ichimlik turlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning koʻplab navlari mavjud, ammo ular orasidagi yetakchilik qora va koʻk choyga tegishli.
Dunyodagi eng qimmat choy navi – Da Xun Pao Xitoyda yetishtiriladi. Uning bir kilogrammi narxi 700 000 dollarni tashkil qiladi.
“Shamollarda qolgan hislarim” filmi taqdim etilgan kun
1939-yilning 15-dekabr sanasida Margaret Mitchell qalamiga mansub roman asosida suratga olingan “Shamollarda qolgan hislarim” filmi ilk marta ekran yuzini koʻrgan. Film 8 ta yoʻnalish boʻyicha “Oskar” mukofotiga munosib deb topilgan.
Filmdagi Skarlett roliga 1400 dan ortiq aktrisa daʼvogarlik qilgan, bosh rolni ijro etgan Viven Li asosiy nomzodlar qatorida boʻlmagan. Film bosh qahramon obrazini kim gavdalantirishi aniq boʻlmay turib suratga olina boshlagan. Atlantaning yoqib yuborilishi sahnasi suratga olinayotgan vaqtda Viven Li rejissyorning yoniga kelib qolgan, u aktrisa timsolida Skarlettni koʻra olgan va Vivenni darhol bosh rolga tasdiqlagan.
Rim imperatori Neron dunyoga kelgan kun
37-yilning 15-dekabr sanasida Rimning boʻlgʻusi imperatori Neron dunyoga kelgan. U mamlakatni 54-yildan 68-yilga qadar boshqargan, shafqatsizligi bilan eng mashhur imperatorlardan biri sifatida tarixga kirgan.
Imperator Neron bugungi kunga qadar Olimpiada oʻyinlarida qozonilgan gʻalabalar soni boʻyicha jahon rekordiga egalik qilib keladi. U 1808 marta Olimpiya chempioni boʻlgan. Imperator ushbu gʻalabalarni yolgʻon va hiyla yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!