LG kompaniyasi professionallar uchun ikkita yangi kompyuter monitorlari - UltraFine va Square Double modellarini namoyish qildi. Bu haqida kompaniya saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ikkala qurilma bir nechta USB Type-C, USB HDMI, shuningdek akustikaga ega. Yangi LG monitorlarining rasmiy premyerasi 2022-yil yanvar oyida Las-Vegasdagi CES ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 32 duyumli UltraFine’ning o‘ziga hosligi Nano IPS Blank displeyiga egaligidir. Bundan tashqari, avtokalibrlash sensori barcha sharoitlarda ranglarning aniqligini yuqori darajada ushlab turadi. Yangi monitorlar dizaynerlar va video bilan ishlovchi kasb egalari uchun mo‘ljallangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!