AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bilan işqiy munosabati haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Tramp Xuang bilan telefon orqali suhbatlaşganini va yuzaga kelgan vaziyatdan hayratda ekanini ma’lum qildi.
Avvalroq Jensen Xuang rafiqasiga xiyonat qilganini tan olib, undan hamda kompaniya xodimlaridan uzr söragan edi. Nvidia mazkur holat yuzasidan mustaqil tekşiruv boşlagan. Trampning aytişiça, u Xuangga qönğiroq qilib, hol-ahvolini söragan. Şuningdek, prezident ayolning josus ekanini Xuang bilmaganiga işonişini bildirgan.
Tramp jurnalistlarga bergan izohida Xuangni doimo yuksak axloqiy fazilatlarga ega inson deb bilganini aytib, uşbu mojaro unga muammo tuğdirmasligiga umid bildirdi. Uning qayd etişiça, Federal qidiruv byurosi (FQB) ham iş tafsilotlarini tekşirmoqda.
Xuang bilan munosabatda bölgani aytilayotgan Megaspeed kompaniyasi rahbari Elis Xuang Xitoy foydasiga josuslik qiliş va AQŞning Xitoyga sun’iy intellekt çiplarini yetkazib beriş böyiça çeklovlarini çetlab ötişga urinişda gumonlanmoqda. AQŞ maxsus xizmatlari ayol ustidan kamida bir yil davomida elektron kuzatuv olib borgani aytilmoqda.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa josuslik haqidagi ayblovlarni rad etdi. Vazirlik vakili Go Szyakun bu da’volarni asossiz deb atab, Xitoyga nisbatan tuhmat ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, 9-noyabr kungi savdolarda Nvidia aksiyalari 4,2 foizga arzonlaşdi. Kompaniya qimmatli qoğozlari Dow Jones va Nasdaq indekslariga kiruvçi kompaniyalar orasida eng katta pasayişni qayd etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!