Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. Uni öldirişda gumonlanib, 27 yoşli qarindoşi qölga olindi. Politsiya ma’lumotiga köra, gumonlanuvçi bolaning organlarini sotiş orqali pul topişni rejalaştirgan. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa Jaşpur hududida sodir bölgan. 4 yoşli Jitendra Ram 5-noyabr kuni ertalab bedarak yöqolgan. Oila a’zolari uni mustaqil ravişda qidirgan, biroq natija bölmagaç, politsiyaga murojaat qilgan.
Bolaning otasi Ramjit Ramning aytişiça, u oilasi bilan taxminan bir yil avval işlaş maqsadida Sanna qişloğiga köçib kelgan. Uning ona tomondan qarindoşi Basudev ham oilaning uyiga tez-tez kelib turgan. Guvohlardan biri Jitendrani yöqolgan kuni Basudev bilan birga daladagi kulba tomon ketayotganida körganini bildirgan.
Ikki kun davom etgan qidiruv işlari 7-noyabr kuni yakunlangan. Bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topilgan. U körpa-töşaklarga öralib, qopga solingan, jasadning usti esa qisman tuproq bilan yopilgan bölgan.
Politsiya ma’lumotiga köra, qişloq xöjaligi işçisi bölib işlagan Basudev daromadidan norozi bölgan va internet orqali köproq pul topiş yöllarini izlagan. Tergov ma’lumotlarida u bolani aldab, oilasidan uzoqlaştirgani va keyinçalik öldirgani qayd etilgan.
Gumonlanuvçi söroq paytida bolaning bir buyragi, bir öpkasi va bir közini olib taşlaganini tan olgan. Biroq politsiya organlarni sotiş rejasi hozirça faqat uning körsatmalariga asoslanganini ma’lum qilgan. Organlarni sotib olişi mumkin bölgan şaxslar bilan aloqa örnatilgani yoki savdo amalga oşirilganini tasdiqlovçi dalillar aniqlanmagan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!