Dohada PSJ bilan muzokaralar davom etmoqda.
Kilian Mbappe hali PSJ va “Real Madrid” o‘rtasida bir qarorga kelmagan.
Hozir fransiyalik hujumchining oilasi Dohada va PSJ bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Fransuz klubi optimist va hujumchi bilan qisqa muddatli shartnoma borasida muzokara olib borishiga ishonmoqda.
Mbappe oilasining Dohaga safari anchadan beri rejalashtirilgan edi. PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi ham dushanbadan beri Qatar poytaxtida.
RMC Sport xabariga ko‘ra, Mbappe oilasi “Real Madrid” vakillari bilan ham muzokaralar olib boradi. Uchrashuv kelasi haftaga rejalashtirilgan va asosan imidj huquqlariga e’tibor qaratiladi.
Mbappelar oilasi PSJ va “Real”dan shartnomalar loyihasini olishni rejalashtirmoqda va shundan keyingina Kilian yakuniy qarorni qabul qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli forvard joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!