$
12019.08 UZS
-82.76
153.87 UZS
0.12
13689.73 UZS
-122.1
31° Kechasi 18°

Meksikada JCH–2026 ochilishi arafasida norozilik namoyishlari boshlandi

11:41 / 11.06.2026

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Meksikada minglab o‘qituvchilar norozilik namoyishlarini boshladi. Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum maxsus bayonot bilan chiqdi.Ma’lum qilinishicha, Mexiko shahri markazidagi Sokalo maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan FIFA muxlislari festivali norozilik aksiyalari sabab boshqa hududga ko‘chirilishi mumkin.

Tadbir jahon chempionatining ochilish marosimi va ilk uchrashuvi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda prezidentning ham ishtirok etishi kutilgan edi.Biroq Klaudiya Sheynbaum Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish uchrashuviga bormasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, vaziyatni yaqindan kuzatish va norozilik namoyishlari bilan bog‘liq holatni nazorat qilish ustuvor vazifa hisoblanadi.Namoyishlarda ishtirok etayotgan o‘qituvchilar davlat pensiya tizimini qayta ko‘rib chiqish, ta’lim sohasi xodimlari uchun amaldagi qonunchilikni o‘zgartirish hamda ish haqlarini oshirishni talab qilmoqda. Ular hukumat talablarni bajarmaguncha aksiyalarni davom ettirishini bildirgan.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar Sokalo maydonida lager tashkil qilishi va festival o‘tkazilishi rejalashtirilgan hududni egallab olishi mumkin. Shuningdek, bir guruh faollar Asteka stadioni yaqinidagi asosiy avtomobil yo‘llaridan birini ham to‘sib qo‘ygan.Rasmiylar jahon chempionati ochilish haftasi davomida ham norozilik aksiyalari davom etishini tasdiqlagan. Agar tadbir Sokalo maydonida o‘tkazilmasa, Mexiko shahri bo‘ylab oldindan tayyorlangan 18 ta muqobil maydondan foydalanish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha JCH–2026 bugun — 11-iyun kuni rasman start oladi. Turnirning ilk uchrashuvida mezbonlardan biri bo‘lgan Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika bilan maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Boshqalar

														Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI27-iyul soat 20:00 dan 28-iyul soat 20:00 gacha
17:02 / 27.07.2026

														15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari …
16:10 / 27.07.2026

														Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilga…
15:49 / 27.07.2026

														Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib

Barcha hududlarda deyarli bir xil tarmoq bo‘lgani bilan ayrim tumanlar yaxshi ishlayotgani, boshqalarida esa doim avariya sodir bo‘layotgani ko‘rsatib

Energetika vazirligi va uning quyi bo‘g‘inlaridagi rahbarlarda ijro va mas’uliyat yetishmayotgani tanqid qilindi. Shu bois, …
15:39 / 27.07.2026

														Qariyb 5 kg kannabisni qopda olib ketayotgan shaxs ushlandi

Qariyb 5 kg kannabisni qopda olib ketayotgan shaxs ushlandi

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qariyb 9 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu ha…
09:52 / 27.07.2026

														Qozog‘iston inson taraqqiyoti bo‘yicha MDH va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

Qozog‘iston inson taraqqiyoti bo‘yicha MDH va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

BMTning 2025-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotiga ko‘ra, Qozog‘iston 2023-yil yakunlari bo‘yicha 193 davlat orasida 60-o‘rinni…
09:34 / 27.07.2026

														Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Toshkent tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.I.”
14:49 / 26.07.2026

														Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ikki vakiliga viza berishni rad etdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalarig…
11:50 / 26.07.2026

														Maradonaning afsonaviy to‘pi yana auksionga qo‘yildi

Maradonaning afsonaviy to‘pi yana auksionga qo‘yildi

1986-yilgi Jahon chempionatida Diego Maradona Angliyaga qarshi bahsda qo‘li bilan gol urgan va “Asr goli”ni kiritgan afsonav…
11:46 / 26.07.2026

														Olimlar inson umrining biologik chegarasini aniqladi

Olimlar inson umrining biologik chegarasini aniqladi

Skolkovo Ilm-fan va texnologiyalar instituti olimlari inson umrining biologik chegarasi mavjud degan xulosaga keldi. Ularnin…
09:42 / 26.07.2026

Bu ham qiziq

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.…
10:32 / 27.07.2026
O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘…
10:04 / 27.07.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qar…
15:31 / 27.07.2026
Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 28-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI27-iyul soat 20:00 dan 28-iyul soat 20:00 gacha
17:02 / 27.07.2026
Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

“Yevropa Ittifoqi Eron tinch aholisiga qaratilgan hujumlarda AQSh va Isroilga bevosita yordam ko‘rsatdi”, – dedi Eron Tashqi…
12:27 / 25.07.2026
Bozorov prezident tanqididan so‘ng 150 ga yaqin tadbirkor bilan Afg‘onistonga bordi

Bozorov prezident tanqididan so‘ng 150 ga yaqin tadbirkor bilan Afg‘onistonga bordi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov prezident tanqididan so‘ng qariyb 150 nafar tadbirkor bilan Afg‘onistonga tashrif …
14:14 / 27.07.2026
Qozog‘iston inson taraqqiyoti bo‘yicha MDH va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

Qozog‘iston inson taraqqiyoti bo‘yicha MDH va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

BMTning 2025-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotiga ko‘ra, Qozog‘iston 2023-yil yakunlari bo‘yicha 193 davlat orasida 60-o‘rinni…
09:34 / 27.07.2026
O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda

O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda

2026-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda 24 815 ta nikoh bekor qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb…
14:09 / 27.07.2026
Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:12 / 25.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!