Bozorov prezident tanqididan so‘ng 150 ga yaqin tadbirkor bilan Afg‘onistonga bordi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov prezident tanqididan so‘ng qariyb 150 nafar tadbirkor bilan Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ham hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida Afg‘oniston Savdo-sanoat va investitsiyalar palatasi rahbariyati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tomonlar Afg‘oniston bozorini o‘rganish, mahalliy talabga mos mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish hamda tadbirkorlar o‘rtasida barqaror kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Qobul va Mozori Sharif shaharlarida “Farg‘ona savdo uyi”ni tashkil etish masalasi ham kun tartibidan o‘rin olgan.
Afg‘oniston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda 4 milliard AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi savdo bitimlari, afg‘on eksporti uchun imtiyozli bojxona tariflari hamda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish istiqbollari muhokama qilingan.
Bundan tashqari, Qobul shahrida O‘zbekiston mahsulotlarining doimiy ko‘rgazma zali rasman ochildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!