O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi
2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ushbu YTHlar oqibatida jami 3 306 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati oldi.
Hududlar kesimida eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida — 420 ta, undan keyin Samarqand viloyatida — 311 ta va Toshkent viloyatida — 271 ta qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida — 48 tani tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Navoiy viloyatidagi Muruntov konida sodir bo‘lgan YTHda BelAZ yuk mashinasi pikapni bosib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, 16-iyul kuni Toshkent shahrida Onix avtomobili va YPX motosikli ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!