Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qarorlar qabul qilinib, sohada xususiy sektor va xorijiy investorlar uchun yo‘l ochildi.
Prezidentimiz investorlar bilan bir necha bor shaxsan uchrashib, ularning takliflarini eshitganini qayd etdi. Har bir yirik loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratilib, zarur kafolatlar berildi.
Natijada energetika sohasiga 23 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi, joylarda 9,5 gigavattli elektr stansiyalari ishga tushirildi. Shu tariqa generatsiya bo‘yicha ichki ehtiyojni to‘liq qoplaydigan quvvatlar yaratildi.
So‘nggi yillarda elektr va gaz tarmoqlari, podstansiyalar, transformatorlar va gaz taqsimlash qurilmalarini yangilash uchun 30 trillion so‘m ajratildi. Bu oldingi 25 yilda yo‘naltirilgan mablag‘dan 6 karra ko‘p.
“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!”
– dedi Prezidentimiz.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!