O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda
2026-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda 24 815 ta nikoh bekor qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,5 mingtaga ko‘p. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatda har kuni o‘rtacha 137 ta oila ajrashmoqda. Har ming aholiga to‘g‘ri keladigan ajrimlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida — 3 222 ta qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (2 676 ta), Samarqand viloyati (2 608 ta), Andijon viloyati (2 471 ta) va Toshkent viloyati (2 334 ta) joylashgan. Eng kam ajrim esa Navoiy viloyatida — 673 ta qayd etildi.
Shuningdek, hisobot davrida mamlakatda 92,3 mingta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 3 mingtaga kam.
Statistikaga ko‘ra, ajrimlarning 60,1 foizi shaharlarda, 39,9 foizi esa qishloq hududlarida qayd etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!