Qozog‘iston inson taraqqiyoti bo‘yicha MDH va Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi
BMTning 2025-yilgi Inson taraqqiyoti hisobotiga ko‘ra, Qozog‘iston 2023-yil yakunlari bo‘yicha 193 davlat orasida 60-o‘rinni egalladi. Mamlakatning Inson taraqqiyoti indeksi (HDI) 0,837 ni tashkil etib, “juda yuqori inson taraqqiyoti” toifasiga kirdi.
Bu natija Qozog‘istonni MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘ringa olib chiqdi. Keyingi o‘rinlarni Rossiya (64-o‘rin), Belarus (65-o‘rin) va Armaniston (69-o‘rin) egalladi.
Hisobotga ko‘ra, Qozog‘istonda:
kutilayotgan umr davomiyligi — 74,4 yil;
kutilayotgan ta’lim muddati — 14 yil;
o‘rtacha ta’lim olish muddati — 12,5 yil;
aholi jon boshiga yalpi milliy daromad (xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha) — 30,9 ming dollarni tashkil etgan.
Inson taraqqiyoti indeksi umr davomiyligi, ta’lim darajasi va aholi daromadi kabi asosiy ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!