O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Markazda viloyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, investitsiya loyihalari, infratuzilma, xavfsizlik va fuqarolar murojaatlari real vaqt rejimida tahlil qilinadi.
Tashrif davomida mehmonlarga markaz imkoniyatlari, zamonaviy sharoitlar hamda hududlarni kompleks monitoring qilish tizimi namoyish etildi.
Shuningdek, Qozog‘iston tomoniga O‘zbekiston arxivlaridan olingan noyob tarixiy hujjatlar nusxalari ham topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!