$
11861.96 UZS
23.04
₽
147.13 UZS
0.08
€
13278.28 UZS
29.34
31° Kechasi 18°

Motivatsiya bilan uyg‘onishning samarali usullari

15:08 / 14.04.2023

Tan oling, motivatsiyani his qilish, ehtimol, siz qila oladigan eng qiyin ishlardan biridir. Agar bu juda oson bo‘lganida, har bir kishi oldinga siljib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishgan bo‘lardi.

Nimadan rohatlanishingiz va sizga chinakamiga zavq beradigan narsa haqida o‘ylab ko‘ring. Keling, kuningizni boshlash uchun sizga kuch bag‘ishlaydigan omillarni ko‘rib chiqamiz.

Budilnik vaqtini kechiktirmang. Budilnikni kechiktirish sizni darhol turishdan ko‘ra, yomonroq kayfiyatda uyg‘otishi mumkin. Har 5-10 daqiqada to‘xtatilgan uyquning foydadan ko‘ra, zarari ko‘p. Budilnikni xonaning narigi tomoniga qo‘yishga harakat qiling, shunda uni o‘chirish uchun yotoqdan turishdan boshqa ilojingiz qolmaydi.

Uyg‘onganingizda ko‘rishingiz uchun eng katta orzularingizni yozing. Bizning miyamiz doimo hayotimizdan nimani xohlayotganimizni eslab turishi kerak. Uni yozib olish bizning ruhiyat va e’tiqod tizimimizda katta o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, chunki oddiy fikr va orzu birdaniga aniq ko‘rinadigan bo‘lib qoladi. U birdaniga jonli tasavvur emas, balki ro‘yobga chiqishi mumkin bo‘lgan narsaga aylanadi.

Suv iching. Uxlayotganingizda tanangiz juda suvsizlanadi va uyg‘onganingizda charchoq hissini tuyasiz. O‘rindan turishingiz bilan bir stakan iliq suv ichishingiz sog‘lig‘ingiz va ichak faoliyati uchun ham foydalidir. Aytgancha, yuzingizni sovuq suv bilan yuvishni ham unutmang.

Mashq qiling. Muntazam jismoniy mashqlar insonda baxtiyorlik hissini uyg‘otadigan dofaminni ishlab chiqarishi ilm-fan tomonidan isbotlangan. Bu biologiyangizning “o‘zini yaxshi his qilish” tabletkasi bo‘lib, ularni tez-tez bajarish nafaqat o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradi, balki tanangiz salomatligi uchun ham foydalidir.

Meditatsiya qiling. Meditatsiya kunni boshlashning yaxshi usulidir, chunki u parasempatik asab tizimini faollashtirishda yordam beradi. Meditatsiya nafaqat ongingiz, balki tanangizga ham tetiklik, quvvat bag‘ishlaydi va uning yosharishiga sabab bo‘ladi.

Yaxshi va foydali nonushta qiling. Yaxshi nonushta sizni tushlikkacha quvvat bilan ta’minlaydi. Nonushtani o‘tkazib yuborish diqqat-e’tiborni yo‘qotish va asabiylashishga olib kelishi mumkin. Ma’lumki, sitrus energiyani oshiradi, shuning uchun uydan chiqishdan oldin to‘g‘ri nonushta qilishga vaqtingiz bo‘lmasa, ertalab apelsin iste’mol qilsangiz, kuchga to‘lib olasiz.

Yangi kunda nima qilishingiz kerakligiga e’tibor qarating. Ertalab kunning eng qiyin vaqti bo‘lishi mumkin, chunki bu vaqtda sizni bajarilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p vazifalar va topshiriqlar kutib turgan bo‘ladi. Bunda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlaringizning eng kattasiga e’tibor qaratish tufayli ko‘pincha o‘zingizni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Lekin shuni yodda tutingki, bugun qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar oxir-oqibat sizni o‘z maqsadingizga olib boradi. Maqsadlaringizni kichikroq bo‘laklarga bo‘ling va ularni bosqichma-bosqich muntazam ravishda amalga oshiring.

Kichik tanaffuslar qiling. Ertalab har yarim soatlik o‘z ustingizda mustaqil shug‘ullanish uchun o‘zingizga tanaffus bering. 20 daqiqalik taymerni o‘rnatib, “Pomodoro texnikasi”dan foydalaning. Keyin qolgan daqiqani dam olish, qahva tayyorlash yoki qisqa masofaga yurishga sarflang. Siz o‘sha 2 soat ichida butun kun davomida diqqatsiz ishlaganingizdan ko‘ra ko‘proq ish olib borganingizni bilib olasiz.

Rivojlanishda davom eting. Doimo o‘sishga intiling. Siz bilan birga bo‘lgan odamlar sizni doimo qiziqarli deb bilishsin. Maqsadlaringizga erishgan bo‘lsangiz, o‘z oldingizga yanada yuqoriroq maqsadlarni qo‘yishga harakat qiling va bu sizni keyingi bosqichga olib chiqadi. Darhaqiqat, marshrutlar degan narsa yo‘q, faqat marralar bor!

Shaxsiy blogni boshlang va kashfiyotlaringizni dunyo bilan baham ko‘ring. Ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan eng katta mamnuniyat – bu bilgan narsangizni boshqalar bilan baham ko‘rishdir. Shuningdek, bu usul blogingiz kuzatuvchilari oldidagi mas’uliyat hissini beradi va natijada, yangi narsalar o‘rganishga, yaxshi natijalarga erishishga harakat qilasiz.

O‘zingizga yoqadigan yangi ko‘nikmalarni o‘rganish uchun kuniga bir soat vaqt ajrating. Yangi ko‘nikmalarni o‘rganish shaxs va kadr sifatida sizning rivojlanishingizga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘z qadr-qimmatingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni oshiradi.

Kuniga bir necha soatni faqat o‘yin-kulgi va dam olish uchun sarflang. E’tiborni faqat ishga qaratish yaxshi fikr emas. Biz dam olishimiz va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishimiz kerak. Aslida, bu shunchalik muhimki, Google buni o‘z ish axloqining bir qismi sifatida ishlatadi. Bizning eng ijodiy g‘oyalarimiz ish bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalarni bajarish orqali kelib chiqadi.

Muvozanatli hayot yaratishga e’tibor qarating. Agar butun vaqtingiz va kuchingizni faqatgina bir narsaga sarflasangiz, sizni baxtli qiladigan boshqa hech narsa yo‘qligi sababli shaxsiyatingizga zarar yetkazish xavfi katta. Sizni baxtli qiladigan barcha narsalarga mos keladigan muvozanatli jadval tuzing, shunda bir narsa to‘satdan muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, hayotingizda sizni pozitiv saqlaydigan boshqa narsa bo‘ladi.

Fikr almashish uchun siz bilan maqsadi bir insonlar guruhini tuzing. Siz kabi narsalarni xohlaydigan, o‘xshash fikrli odamlarni qidiring. Muvaffaqiyat yo‘lidan borish ba’zan yolg‘iz sayohat bo‘lishi mumkin. Sayohatda boshqa odamlarning bo‘lishi g‘oyalar almashish va o‘zaro fikr almashish tufayli ishlarni osonlashtirishga yordam beradi. Agar buning iloji bo‘lmasa, kitoblar, audiolar yoki boshqa bloglardan muvaffaqiyatli shaxslarni qidiring va ularning muvaffaqiyatlaridan saboq oling. Bu sizga maqsadga erishish uchun kerakli ijobiy fikrlarni yaratishga yordam beradi.

Hayotni juda jiddiy qabul qilmang. Ba’zan bu hayot vaqtinchalik ekanligini unutish oson. Maqsadlarga erishish va o‘zingizni yaxshilash qanchalik muhim bo‘lsa-da, hech birimiz abadiy yashay olmaymiz. Har doim vaqtingiz va hayotning nozik tomonlarini qadrlashga harakat qiling!


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026
“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” kinostudiyasining 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini birlaştiruvçi “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etilad…
17:58 / 26.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026
Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatilib, vakolatlari Madaniyat vazirligiga ötkaziladi

Prezident kino sohasini boşqariş tizimini isloh qilişni ma’lum qildi. Unga köra, Kinematografiya agentligi tugatilib, kino s…
17:44 / 26.10.2026
Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Özbekistonda bugun yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun, Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
16:41 / 26.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda avtomobillarning örtaça tezligini nazorat qiluvçi radar tizimi joriy etilişi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri …
14:36 / 26.10.2026
Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus tojikistonlik migrantlarga 1 200 dollargaça maoş taklif qilmoqda

Belarus Tojikiston fuqarolariga oyiga 750 dollardan 1 200 dollargaça maoş bilan işlaş imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda…
16:35 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!