$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
30° Kechasi 17°

Mukammal soch turmagi yaratishning 6 usuli

19:32 / 22.10.2022

Goʻzallik salonida faoliyat yuritadigan ayol sartaroshlar oʻz mijozlarini yoʻqotib qoʻymaslik uchun koʻp narsalarni sizga aytishmaydi. Biroq soch va tashqi koʻrinishni oʻzgartirish ularning kasbi boʻlgani bois bu qoidalarni juda yaxshi bilishadi. Keling, bugun siz ham ularning sirlaridan boxabar boʻling.

1. Har ikki oyda sochingizni qirqmang

Sochingiz chinakam uzun va chiroyli boʻlib oʻssin desangiz, yaltiroq muqovali jurnal sahifalarida yozilib, stilistlar aytganidek, tez-tez qirqib turishingiz shart emas.

– “Agar siz maslahatlarga amal qilib, sochingizni tez-tez kestirib yursangiz, hech qachon sochingizni oʻstira olmaysiz. Oʻstirish uchun sochlaringizni sogʻlom saqlashingiz kerak: maslahatlarga amal qilib, yiliga ikki marta sochingizni kestiring. Ishoning, bu yetarli”, – deydi Nyu-Yorkdagi moda haftaligi stilisti Justin Marjan.

2. Sochi xuddi siznikiga oʻxshash yulduzlarni kuzating

Stilistlar sochi xuddi siznikidek uzunlikda boʻlgan shou-biznes yulduzlarini koʻproq kuzatishni maslahat bermoqda. Ana shunda siz oʻzingizga yoqqan soch turmagini topib olishingiz mumkin.

“Siz kabi bir xil tuzilish va soch rangiga ega boʻlgan yulduzlarga eʼtibor bering. Agar ular sochlarini chiroyli qilib turmaklay olsa, siz oʻzingizga mosini osongina topa olasiz. Axir ular bilan dunyoning eng mashhur stilistlari ishlaydi”, – deya taʼkidlaydi malika Raniya hamda Klaudiya Shifferning stilisti Eloiz Chang.

3. Maʼlum obrazga asta-sekinlik bilan oʻting

Professionallar obrazni oʻzgartirishga asta-sekinlik bilan kirishish lozim, deb hisoblaydi. Ayniqsa, bu qoida tubdan oʻzgarishlarga taalluqli.

“Boshingiz bilan hovuzga shoʻngʻimang! Baʼzan soch turmagi avvalgi koʻrinishiga qaytishi uchun bir necha oy vaqt ketadi. Bunga yillar sarf boʻlishi ham mumkin”, deydi Eloiz Chang.

4. Istalgan soch rangiga bir urinishda erishib boʻlmaydi

Sartaroshxonada soch rangini chiqarish haqiqiy sanʼat hisoblanadi. Ideal rangni faqat bir necha urinishdan soʻnggina hosil qilish mumkin.

“Tanasining ranggi bugʻdoyrang, sochi jigarrang ayol bir yumalab sariqsochga aylanishi qiyin. Ammo kerakli rang hosil qilish uchun oʻzingiz va sartaroshingizga vaqt bering” – deydi Nyu-yorklik sartarosh Diaz.

5. Har doim nima istayotganingizni fotosurat yordamida koʻrsating

Sochingiz qanday rangda boʻlishi, yoki qay uslubda kestirishni istayotganingizni fotosurat yordamida sartaroshga koʻrsating.

“Mijozlar stilist uni tushunayotganini his qilsa, oʻzlarini yana-da qulay his qiladi. Buning uchun sizni ilhomlantiradigan soch turmagi fotosuratini koʻrsatish kifoya. Stilistlar qaysi yoʻnalishda harakatlanish va oynada nimani koʻrishni xohlayotganingizni tushunishlari juda muhimdir” – deydi Nyu-yorklik sartarosh Francyesca.

6. Oʻz ideal sartaroshingizni toping

Sartarosh – bu sizning imijingizni yaratadigan odam. Shuning uchun u bilan aloqa oʻrnatish – maqsadga muvofiq.

“Stilist bilan gaplashing. Uni shaxs sifatida tahlil qilib koʻring. Sartarosh sizni eshitib, soʻzsiz tushunishi juda muhimdir. Agar xohishingizga beparvo boʻlsa, sochlaringizni unga ishonib topshirmang. Natija sizga maʼqul kelmasligi mumkin”, deya soʻzlarini yakunlaydi malika Raniyaning stilisti Eloiz Chang.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
19:51 / 08.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!