Hukumatning 2026-yil 18-maydagi 250-son qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, olimpiadada 14–18 yoshli xorijda yashovchi vatandosh maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ishtirok etadi.
Xalqaro olimpiada har yili ikki bosqichda:
— test sinovlari;
— yozma ish (esse) shaklida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar onlayn va oflayn formatda qatnashishi mumkin.
G‘olib va sovrindorlar oltin, kumush va bronza medallari, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!