“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik Ten Xag klubi 4 futbolchi bilan shartnoma uzaytirishga kelishib olinganini tasdiqladi. “Qizil iblislar” himoyachilar Diogu Dalot, Lyuk Shou yarim himoyachi Fred hamda hujumchi Markus Reshford bilan shartnomadagi 12 oylik uzaytirma bandini faollashtirgan.
“Shartnomalar uzaytirilganini tasdqilashim mumkin. Biz xursandmiz, chunki jamao to‘g‘ri yo‘nalishdan harakatlanmoqda va bu futbolchilar bizning muvaffaqiyatimizga katta hissa qo‘shmoqda. Biz yaxshi kelajak qurmoqchimiz va bu futbolchilar bizga bu yo‘lda kerak bo‘ladi”, – deydi bosh murabbiy.
APLning 15 turidan so‘ng “Manchester Yunayted” turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Ten Xag boshqaruvidagi jamao 27-dekabr kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!