Namangan viloyatida Namangan shahrida yashovchi 1995-1994-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ulardan biri avvalroq jinoiy javobgarlikka tortilgan. Jinoyatchilar Tojikistondan kelgan giyohvand moddalar sotuvchilari qoldirgan 3,05 kilogramm gashishni qazib olishgan.
Xuddi shunday holat Norin viloyatida ham sodir bo‘ldi. Namangan-Andijon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan. Avtomashina egasi muqaddam sudlangan Asaka tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroda 1,91 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining “Kontrabanda” va “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, olish, saqlash va boshqa harakatlar, shuningdek ularni realizatsiya qilish” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!