$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

Namangandagi “Gullar festivali” mahalliy byudjetga qanchaga tushyapti?

17:29 / 23.05.2022

Joriy yil 22-may kuni Namanganda 61-Xalqaro gullar festivali boshlandi.

15 kun davom etadigan anʼanaviy bayramda Xitoy, Yaponiya, Koreya, Turkiya, Rossiya, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlar va jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Mazkur tipdagi xalqaro tadbirlar o‘z-o‘zidan byudjetdan katta mablag‘larni talab qiladi.

Jumladan, Hukumatning 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq “Xalqaro gullar bayrami festivali”ni moliyalashtirish mahalliy byudjet mablag‘laridan qoplanadi.

Mazkur tadbir uchun viloyat hokimligi 1 mlrd 78 mln so‘m, Namangan shahar hokimligi esa 200 mln so‘m ajratgan.

Jumladan, Namanganda 22-may – 5-iyun kunlari xalqaro “Gullar festivali”ning 61 yilligini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida, viloyat musiqali drama teatri sahnasida Rus milliy drama teatrining spektakl tamoshalarini tashkil etish va O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining hamda Rus milliy drama teatrining ijodiy va texnik jamoasini kutib olish xarajatlari va boshqa xarajatlar uchun viloyatning viloyat byudjeti zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Namangan viloyat madaniyat boshqarmasiga 364,5 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, mazkur tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyatning viloyat byudjeti zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Namangan shahar mahalliy byudjetiga 714 mln 547 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Bundan tashqari joriy yil 18-may sanasida imzolangan Namangan shahar hokimining tegishli qarori bilan shahar markaziy ko‘cha, xiyobonlar hamda “Z.M.Bobur” nomli madaniyat va istirohat bog‘i hududida keng ko‘lamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bayramona bezatish hamda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida tashqi yoritish illyuminatsion tarmoqlarini tortish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun shahar mahalliy byudjetining 2022-yil zaxira jamg‘armasi hisobidan 200 million so‘m mablag‘lar shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ajratilgan.

Garchi Hukumat qarori bilan ushbu tadbirning moliyaviy manbasi “mahalliy byudjet mablag‘lari” ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, viloyat hokimi Sh. Abdurazzoqovning 11-apreldagi qaroriga ko‘ra, festivalga tayyorgarlik ko‘rishga Namangan viloyati mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ham jalb qilinadi.

Bu esa o‘z navbatida tadbirlarga sarflanayotgan pullarning sarflanishi yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat shaffofligiga putur yetkizadi.

Shuningdek, festival doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari tegishli tartibda diplom, haykalcha va quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

Oliy o‘rin (2 nafar) – avtomobil;

1-o‘rin (2 nafar) – qimmatbaho sovg‘alar;

2-o‘rin (2 nafar) – qimmatbaho sovg‘alar;

3-o‘rin (2 nafar) –  qimmatbaho sovg‘alar:

“Qadimiy sulola davomchisi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Yangi gul navi yaratgan gulchi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Eng yosh gulchi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Eng yaxshi gul kompozitsiyasi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Eng yaxshi gulchi maktabi gulchisi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Eng ko‘p gul yetishtirgan gulchi” – qimmatbaho sovg‘alar;

“Gul paradida eng yaxshi bezatilgan avtomashina” – qimmatbaho 

sovg‘alar.

Shuningdek, taqdirlash marosimida moliyaviy holatdan kelib chiqib, g‘oliblar soni va sovg‘alar miqdoriga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi ham istisno qilinmagan.

Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlar hayʼat aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan gulchilarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.

Shuningdek, tadbir doirasida ko‘rsatiladigan (sarflangan pullarni rasmiylashtirishning imkoni bo‘lmagan) xizmatlar quyidagicha:

– festival doirasida tadbir bo‘lib o‘tayotgan hududlardan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan transport vositalari uchun yopilgan va bu haqda ogohdantiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatilgan.

– viloyat mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda viloyatdagi korxona, tashkilot va boshqarmalar festival doirasida Namangan shahrining asosiy ko‘chalarida maxsus gullar bilan bezatilgan 150 ta avtomashinalaridan iborat “Bayram paradi”ni tashkil etishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda o‘tkazilgan “Boysun bahori” festivaliga sarflangan mablag‘lar yuzasidan material eʼlon qilingan edi.


Bu ham qiziq

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026
Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuvimiz juda mazmunli bo‘ldi-Saida Mirziyoyeva

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuvimiz juda mazmunli bo‘ldi-Saida Mirziyoyeva

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida ortda qolgan yo‘l va oldimizda turgan yakuniy vazifalar haqida atroflicha fikr…
10:14 / 25.09.2026
Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘iziston sobiq ichki ishlar vaziri 2027 yilgi prezidentlik saylovida qatnashishini e’lon qildi

Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri, siyosatchi Omurbek Suvonaliyev mamlakatda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentl…
15:43 / 25.09.2026
Namangan va Farg‘onada odamlarni aldafigan firibgarlar ushlandi

Namangan va Farg‘onada odamlarni aldafigan firibgarlar ushlandi

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish va Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ularning p…
09:48 / 24.09.2026
Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda investitsiyalarning hajmi bilan birga sifati, tarkibi va iqtisodiyotga beradigan samarasiga alohida e’tibor qaratildi.

Yaqinda sanoat va tadbirkorlik uchun ajratilgan 1 ming gektar maydon Andijonda 7 milliard dollar investitsiya va kamida 70 m…
12:17 / 24.09.2026
Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

24-sentabr kuni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizidagi mashg‘uloti vaqtida ob-havoning k…
12:07 / 25.09.2026
Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026
Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor davlatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkor davlatga 3,6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bi…
15:39 / 25.09.2026
Andijonda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda

Andijonda iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilinmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatl…
12:06 / 24.09.2026
O‘zbekistonda “Demografik dividend – 2050” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Demografik dividend – 2050” strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamk…
17:14 / 25.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!