Narpay tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020-yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Raxmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Sherbek Buranov 1985-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. 2003-yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!