$
11790.79 UZS
12.34
₽
137.78 UZS
-0.57
€
13285.86 UZS
86.93
31° Kechasi 18°

Navoiy stipendiyasi sohibi va Penn State LL.M. bitiruvchisi Sharafiddin Eshboyev: O‘zbekiston, Yevropa va AQSh huquqini o‘rgangan huquqshunos

17:48 / 06.10.2026

2024–2025 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) talabasi Sharafiddin Eshboyevga Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini tayinladi. Shu o‘quv yilining kuzgi semestrini u Erasmus dasturi orqali Polshaning Gdańsk universitetida o‘tkazdi. Keyin akademik yutuqlari uchun berilgan 38 000 AQSh dollarlik stipendiya bilan AQShning Pensilvaniya shtat universitetiga (Penn State) o‘qishga kirdi va 2026-yil may oyida LL.M. darajasini oldi.

Shu tariqa Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida ulg‘aygan Sharafiddin uch huquqiy tizimni — O‘zbekiston, Yevropa Ittifoqi va AQSh huquqini — shu mamlakatlarning universitetlarida o‘rgandi.

Ilk qadamlar: Amudaryodan Toshkentgacha

Sharafiddinning yo‘li poytaxtdan ancha uzoqda — Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidagi 39-sonli maktabda boshlandi. Huquqqa qiziqishi ham aynan shu yerda paydo bo‘ldi: maktab o‘quvchisi sifatida u huquq fanidan fan olimpiadasida qatnashib, respublika bosqichigacha yetib bordi. 9-sinfni esa imtiyozli shahodatnoma bilan tugatdi.


O‘qishni Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishida davom ettirar ekan, maktabda boshlangan qiziqish aniq maqsadga aylandi. 2021-yilda Sharafiddin Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida o‘qishga kirdi va to‘rt yildan so‘ng Jinoiy odil sudlov fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomladi.

Qiyosiy huquq: Gdańsk va Penn State tajribasi

Gdańsk universitetida Sharafiddin "Comparative International and European Legal Studies" dasturida tahsil oldi. Dastur nomining o‘zi uning keyingi yo‘nalishini belgilab berdi: qonunni bir mamlakat doirasida emas, boshqa tizimlar bilan solishtirib o‘rganish. U sakkiz fandan yettitasini eng yuqori — "A" bahosiga topshirdi.

Fanlarning aksariyati iqtisodiyot va biznes bilan bevosita bog‘liq edi: Yevropa bank va investitsiya huquqi, xalqaro iqtisodiy huquq, Yevropadagi soliq huquqi va intellektual mulk huquqi. Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqi Sudi faoliyati va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini o‘rgandi. Bu bilimlar uning O‘zbekistondagi korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy islohotlar bo‘yicha tadqiqotlariga yangi nuqtayi nazar qo‘shdi: aniq va barqaror qoidalar investitsiya muhitiga qanday ta’sir qilishini u Yevropa misolida ko‘rdi.


Sharafiddinning kuzatishicha, Yevropa Ittifoqi huquqining murakkabligi tasodifiy emas. Bu tizim 27 ta davlatning turli huquqiy an’analarini yagona qoidalar bilan bog‘laydi, shuning uchun har bir norma bir nechta mamlakat amaliyotiga mos kelishi uchun puxta ishlab chiqiladi. Uning fikricha, O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun qonunchilikni takomillashtirishda aynan shu yondashuvdan saboq olishi mumkin.

Keyingi bosqich AQSh bo‘ldi. Penn State yuridik maktabida u uchinchi huquqiy oila — anglo-sakson (common law) tizimi bilan tanishdi. Bu tizimda qonun bilan bir qatorda sud pretsedentlari ham huquqning asosiy manbai hisoblanadi. O‘qish davomida u asosan biznes huquqiga oid fanlarga — shartnoma huquqi, korporativ huquq va biznes tuzilmalariga e’tibor qaratdi. Amerika yuridik ta’limida talaba tayyor bilimni yodlamaydi: har bir mavzu real sud ishlari asosida muhokama qilinadi va talabadan o‘z pozitsiyasini asoslab berish talab etiladi.

Bepul huquqiy yordam

Sharafiddin uchun huquq faqat auditoriyadagi fan bo‘lib qolmadi. 2024-yil yanvaridan u TDYU Yuridik klinikasi a’zosi sifatida 30 dan ortiq fuqaroga bepul huquqiy maslahat berdi. Klinika doirasida u nogironligi bo‘lgan shaxslarga birlamchi yuridik yordam ko‘rsatishga qaratilgan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magidagi loyihada ham ishtirok etdi.

Ilmiy ishlar va e’tirof

Talabalik yillarida Sharafiddin 13 ta ilmiy maqola chop ettirdi. Ularning to‘qqiztasi o‘zbek adabiyoti — G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga, qolganlari esa huquqqa bag‘ishlangan. Huquqiy tadqiqotlari orasida korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy xizmatlar sohasidagi islohotlarga oid ikki maqola alohida o‘rin tutadi.

"Analysis of the Anti-Corruption Strategy-2030 of Uzbekistan" (International Journal of Studies in Advanced Education, 2024-yil iyul) maqolasida u O‘zbekistonning 2030-yilgacha mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash milliy strategiyasini tahlil qiladi. Muallif davlat xaridlarining to‘liq elektron shaklga o‘tkazilishi kabi islohotlar korrupsion holatlarni kamaytirib, biznes muhitini yaxshilashini ko‘rsatadi.

"Yangi O‘zbekistonning advokatura sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar" (World Scientific Research Journal, 2024-yil may) maqolasi huquqiy xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan. Unda advokaturani chinakam mustaqil institutga aylantirish choralari va advokatlik litsenziyasi uchun ish staji talabining bekor qilinishi tahlil qilinadi. Muallif aholi soniga nisbatan advokatlar yetishmasligini ko‘rsatib, bu muammoni hal qilish bo‘yicha takliflar beradi.

Bundan tashqari, uning "Oiladagi zo'ravonliklar va ularning kelib chiqish sabablari" hamda "Voyaga yetmaganlar javobgarligining o'ziga xos xususiyatlari" nomli maqolalari ham chop etilgan.

Uning maqolalaridan biri TDYU Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi o'tkazgan maqolalar tanlovida "The Current Research" nominatsiyasiga sazovor bo'ldi.


Uning o'qishdagi natijalari davlat darajasida ham e'tirof etilgan. Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi a'lo o'qigan va ilmiy faoliyatda faol talabalarga beriladi.

Adabiyotga bo'lgan qiziqishi ham e'tibordan chetda qolmadi. A'lo o'qishi hamda G'afur G'ulom hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadqiqotlari uchun Sharafiddin aynan shu adib nomidagi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, u "Science Leader" medali sohibi.

Oldindagi maqsadlar

LL.M. darajasini olgach, Sharafiddin faoliyatini AQShda davom ettirmoqda. Bugun u Amerika yuridik amaliyotiga qadam qo'yishga tayyorlanmoqda. Uning maqsadi — O'zbekiston, Yevropa va AQSh huquqini bevosita o'rgangan mutaxassis sifatida bu tizimlar o'rtasida ko'prik bo'lish.


— Gdańsk va Penn State'da o'qib, bitta narsani tushundim: yaxshi qonun faqat qog'ozda emas, amalda ishlaganda qadrli. Mening maqsadim — turli huquqiy tizimlardan olgan tajribamni O'zbekiston va xalqaro biznes o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yo'naltirish, — deydi Sharafiddin.

Tayyorladi: Ilyos Boltayev


O‘zbekiston


														
														8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

8-oktyabr qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI:Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kecha…
16:35 / 07.10.2026

														
														Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air bort kuzatuvchisidan o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani ortidan samolyotdan tushirib yuborilgan yo‘lovchi bilan …
16:04 / 07.10.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qild…
16:02 / 07.10.2026

														
														Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namanganda 12 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisi 2 yilga qamaldi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 12 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan Damas haydovchisi YTH sodir etib, bir bolan…
15:27 / 07.10.2026

														
														“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari da…
13:18 / 07.10.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7–9-oktabr kunl…
11:50 / 07.10.2026

														
														“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

7-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Shahriston” bekatida 1985-yilda ishlab chiqarilgan metro poyezdida texnik nosozli…
11:08 / 07.10.2026

														
														Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan muzey direktori hayfsan oldi

Xudoyorxon o‘rdasidagi tadbir ortidan muzey direktori hayfsan oldi

Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasi hududida Madaniy meros agentligi bilan kelishilmagan ko‘ngilochar tadbir o‘tkazilgani o…
10:30 / 07.10.2026

														
														Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

Tojikiston va Eron o‘rtasida vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi

5-oktyabrdan Tojikiston va Eron fuqarolari uchun o‘zaro vizasiz rejim to‘liq kuchga kirdi. Endilikda ikki davlat fuqarolari …
09:51 / 07.10.2026

														
														Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida maktab direktori fuqaroning ishga kirishiga ko‘maklashish evaziga 600 AQSH dollari …
09:44 / 07.10.2026

Bu ham qiziq

Surxondaryoda uch tuman YTH ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qizil hudud” deb belgilandi

Surxondaryoda uch tuman YTH ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qizil hudud” deb belgilandi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining qarori bilan Uzun, Boysun va Angor tumanlari yo‘l-transport hodisalari ko…
09:47 / 06.10.2026
Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 million so‘mga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat …
09:34 / 07.10.2026
Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

Centrum Air Istanbul–Farg‘ona reysida 99 ta bagajni qoldirib ketdi

4-oktyabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining C6 316 Istanbul–Farg‘ona reysida uchgan yo‘lovchilarning 99 ta bagaji Istanbu…
13:43 / 05.10.2026
“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

“Shahriston” bekatida metro poyezdi 6 daqiqaga to‘xtab qoldi

7-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Shahriston” bekatida 1985-yilda ishlab chiqarilgan metro poyezdida texnik nosozli…
11:08 / 07.10.2026
Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollar olayotganida ushlandi

Toshkent viloyatida bank xodimi 100 ming dollar olayotganida ushlandi

Toshkent viloyatida nufuzli banklardan birining mintaqaviy markazida bo‘lim boshlig‘i 100 ming AQSH dollarini olayotgan vaqt…
11:59 / 06.10.2026
Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzax viloyatida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yi…
12:03 / 06.10.2026
O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

O‘lat xavfi fonida Tramp Rossiyaga yordam taklif qildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosa…
15:24 / 06.10.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amaliy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7–9-oktabr kunl…
11:50 / 07.10.2026
Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Avtobusni eshiklari ochiq holda boshqargan haydovchi jarimaga tortildi

Toshkentda avtobusni harakatlanish vaqtida eshiklarini yopmasdan boshqargan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. B…
09:42 / 06.10.2026
NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘r…
13:46 / 05.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!