Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva 15-avgust kuni majlisga ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 15-avgust kuni tushga yaqin Zarafshon—Tomdi yo‘lida sodir bo‘lgan. Aziza Mirzayeva boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi yo‘ldan chiqib, ag‘darilib ketgan. Sud raisi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq huquq faoli Abdurahmon Tashanov marhuma dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Oliy sud rahbariyati tomonidan butun sudlov tizimi uchun majlis o‘tkazilgani haqida yozgan. Uning ta’kidlashicha, shahar va tuman sudlari rahbarlari o‘z kabinetlaridan videokonferensaloqa orqali majlisda ishtirok etishi kerak bo‘lgan.
Biroq Oliy sud bu ma’lumotlarni inkor qildi. Qayd etilishicha, 15-avgust kuni Oliy sud tomonidan hech qanday majlis belgilanmagan va o‘tkazilmagan. Shuningdek, sudyalarning dam olish kuni xizmat joyiga kelishini talab qiluvchi hech qanday topshiriq berilmagan.
Oliy sud voqea sabablari va boshqa holatlarga huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan berilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, tekshiruv yakunlanmasidan turib marhumaning qayerg
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!