O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzo chekkan qonunga ko‘ra, sud-huquq islohotlari doirasida fuqaro va tadbirkorlarning mulkiy va huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan muhim tamoyillar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Quyida ularning bir nechtasi keltiriladi:
Agar shaxs davlat organining hujjatiga ishonib, o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa (masalan, ajratilgan yer va binoda investitsiya majburiyatini bajargan bo‘lsa), mazkur hujjat keyinchalik arzimagan bahonalar bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.
Bunda istisno holatlar ya’ni hujjat faqat shaxs o‘z majburiyatini lozim darajada bajarmaganda yoki jamoat manfaatiga real tahdid solingandagina bekor qilinishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) ishi qo‘zg‘atilgani sababli kreditorning da’vosi ko‘rib chiqilmay qolsa, u oldindan to‘lagan davlat boji to‘liq qaytarib beriladi.
Endilikda halol investorlar va tadbirkorlar o‘z majburiyatlarini bajargandan so‘ng arzimagan kamchiliklar sababli mol-mulki yoki yer maydonidan ayrilib qolish xavfidan himoyalanadi. Shuningdek, sudda ishi ko‘rib chiqilmagan tadbirkorlarning behuda pul yo‘qotishining oldi olinib, ularning moliyaviy resurslari muhofaza qilinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!