$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

14:46 / 13.08.2026

O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashishga oid qonunchilikka qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Ayrim qilmishlar uchun dastlab ma’muriy javobgarlik belgilanadi

Yangi tartibga ko‘ra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash va saqlash birinchi marta sodir etilganda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu qilmishlar jinoiy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Qayd etilishicha, bunday yondashuv adashgan fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va qayta ijtimoiylashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni saqlash yoki tarqatishda ishtirok etgan shaxs tegishli organlarga o‘z vaqtida xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga faol ko‘maklashsa, jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmagan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish uchun javobgarlik yengillashtiriladi

Qonun bilan ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish va ularda ishtirok etish uchun javobgarlik choralari tabaqalashtiriladi.

Amaldagi tartibda ushbu qilmishlar uchun bir xil — 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Yangi tartibda esa tashkilotda ishtirok etish uchun yengilroq, uni tuzish yoki unga rahbarlik qilish uchun og‘irroq javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

“Diniy ekstremizm” atamasi bekor qilinadi

Qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlardan biri — “diniy ekstremizm” atamasining “ekstremizm” tushunchasiga almashtirilishi.

Senat muhokamasida ta’kidlanganidek, bu yondashuv ekstremizmni muayyan din bilan bog‘lash amaliyotiga chek qo‘yish hamda qonunchilikda yagona huquqiy yondashuvni ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, “ekstremizm” tushunchasining huquqiy chegaralari ham aniqlashtiriladi. Unga sakkizta aniq xatti-harakat asosida ta’rif berish orqali tushunchani huquqni qo‘llash amaliyotida subyektiv yoki haddan tashqari keng talqin qilishning oldini olish maqsad qilingan.

Profilaktika choralari kuchaytiriladi

Qonun bilan ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish tartibi belgilanmoqda.

Bunday dasturlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlashi ko‘zda tutilgan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

														
														Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026

														
														Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

														
														Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026

														
														Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Glinka ko‘chasidagi portlash sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Glinka ko‘chasida yuz bergan avariyaga yerosti gaz quvuridan sizib chiqqan gaz sabab bo‘lgani aniqlandi.…
14:01 / 04.09.2026
Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026
Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!