Toshkent shahar Olmazor tumanida ichki ishlar tizimi xodimi profilaktika inspektorlariga “daydi” shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergani aks etgan audio va video materiallar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat yig‘ilishida inspektorlarga belgilangan reja doirasida qisqa muddat ichida ko‘plab bayonnomalar tuzish vazifasi qo‘yilgani bildirilgan. Holat jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Rasmiy axborotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, tegishli mansabdor shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!