Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
Maqbara Buxorodan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, XIV asr mutafakkiri va naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan muqaddas maskan hisoblanadi.
Majmua tarkibida maqbara, xonaqoh, ikki masjid, daxmalar hamda so‘fiylik tarixiga bag‘ishlangan muzey mavjud. So‘nggi yillarda majmua O‘zbekistonda amalga oshirilgan tashabbuslar asosida obod qilinib, tarixiy qiyofasi tiklangan.
Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, ikki qardosh xalq O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun tinchlik va farovonlik so‘rab duolar qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!