O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova pedagoglarni bolalarga nisbatan hurmat va ehtiyotkor munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Vazirning Telegram kanalida e’lon qilingan murojaatida ta’kidlanishicha, ta’lim tizimidagi har bir xodim zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan bo‘lib, bolalarning ruhiy holati va tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
U pedagoglardan kasbiy etika, ichki tartib-qoidalar va qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishni talab etib, har qanday loqaydlikka yo‘l qo‘yilmasligini qayd etdi.
Murojaat so‘nggi kunlarda bog‘chalarda tarbiyachilar ishtirokida kuzatilgan salbiy holatlar ortidan e’lon qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!