Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish holatlari aniqlangan.
Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Q. 29 dona kapsula hamda 60 dona “Gabaten” nomli dori vositasini 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan moddiy dalillar olingan.
Shuningdek, Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro M.X.ga “Regapen” va “Tropikamid” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 670 ming so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!