$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kishan kiyma, bo‘yin egma…

12:51 / 28.01.2025

Tarixan o‘z ona yurti va xalqi erki yo‘lida jon fido qilgan qo‘mondon-u sarkardalarning qahramonliklariga ko‘plab misollarni keltira olamiz. Yana shunday bir toifa borki ular o‘z millati va ona vatani erki uchun qalam birla ta’bir joiz bo‘lsa “jang” qilganlar. Shunday millat qahramonlaridan biri jadid namoyandalarining yorqin vakili, milliy uyg‘onish davri o‘zbek she’riyatiga asos solgan millatparvarlar qatorida e’tirof etiluvchi shoir, dramaturg, ma’rifatchi va tarjimon Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon hisoblanadi. Mazkur maqolada siz bilan Cho‘lpon qalamiga mansub ozodlik va hurlikka yug‘rilgan asarlarni ko‘rib chiqamiz.

“Binafsha” she’ri

Shoir ushbu she’rda binafsha gulini inson qalbining ramzi sifatida ko‘rsata oladi. Binafsha – nafislik, noziklik va ezgulik ramzidir. Cho‘lpon she’rda nozik did bilan binafsha gulining ko‘chada arzonga sotilishi orqali insoniy qadriyatlarning pasayishi, millat kamsitilishi, jamiyatdagi beparvolik va shu sababdan yuzaga kelgan iztiroblarini bayon qiladi. She’rda binafsha, go‘yo, inson qalbi singari tiriklik va hayot ifodasi bo‘lsa-da, kamsitilgan va e’tiborsiz qoldirilgan bir holatda tasvirlanadi.

“Binafsha, senmisan, binafsha – senmi,

Ko‘chada aqchaga sotilgan”.

Bu misralar Cho‘lponning o‘sha davr jamiyatidagi ziddiyatlariga nisbatan dardli qarashi va insonlar, xalqqa nisbatan achinish hissini namoyon etadi. She’rda binafsha erkinlik va hurlikni ifodalaydi, ammo bu qadriyatlar “zanjirband qilingan” va “sotuvga chiqarilgan”. Shuningdek, ushbu ijod mahsuli o‘sha davrdagi siyosiy va ijtimoiy tahdid va bosimlar, shaxs erkinligiga qo‘yilgan taqiqlar haqida so‘zlaydi. Shoir binafsha misolida nafaqat o‘z dardini, balki butun jamiyatning ichki kechinmalarini ifodalashga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur she’r nafaqat o‘z davrining, balki bugungi kunimizning ham dolzarb muammolarini yorituvchi ijod namunasidir.

“Kecha va Kunduz” romani

Roman o‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, u ilk roman-dilogiya hisoblanadi. “Kecha” qismi 1933-1934-yillarda Moskvada yozilgan. Afsuski, “Kunduz” qismi bizgacha yetib kelmagan va yoki mavjud emas. Asar Chor Rossiyasining yurtimizda olib borgan siyosati, o‘sha davrda avomning ma’naviy dunyosiga ko‘zgu tutgan ijod namunalaridan biri hisoblanadi.

Asarning asosiy syujetida yosh bir o‘zbek qiziga taqdir bergan beayov azob va uqubatlari, bularga nisbatan jamiyatning befarqligi haqida so‘zlaydi hamda insonlarning dunyoqarashi pastligi va faqat o‘zini o‘ylovchi kimsalar taqdiri aks ettiriladi.

Roman obrazlaridan biri Zebi o‘sha davr ayollarining beg‘ubor, samimiy, soddadil bir ko‘rinishi. Romanda, shuningdek, Chor Rossiyasi xalqning eng savodsiz, ma’lum fikrga ega bo‘lmagan omi kimsalarga lavozim berib, ular orqali xalqni istaganlaricha idora etadilar. Akbarali mingboshi ular uchun oddiy “sart”, ismining ham ahamiyati yo‘q. Miryoqub – ishning ko‘zini biladigan, aqli teran shaxs. Unda ikkita Miryoqub yashaydi. Vaqti kelsa, o‘zidan jirkanadi. Vijdoni oldida sobit turib beradi. Faqat uning aqlni to‘g‘ri yo‘lga solib yuboradigan bir inson topilmaydi. Agar uni to‘g‘ri yo‘lga boshlab qo‘ysalar, xalqning ziyoli, yetuk, dunyoqarashi keng farzandiga aylanishi mumkin. Romanda aholining dinni ham to‘liq anglamay unga ko‘r-ko‘rona itoat etayotgani, hatto dindorlarning ham dindan yaxshi xabari yo‘qligi, hukumat odamlari oldida qassobni yonida turgan qo‘zichoqday bo‘lib qolishi keskin tanqid ostiga olinadi. Asarda mavjud tuzumning illatlari ochib tashlanadi, bosh g‘oya mavjud tuzumni tag-tomiri bilan yulib tashlash bo‘lgan. Cho‘lponning maqsadi ham o‘tmishni ko‘rsatish orqali, xalqning yuziga ko‘zgu tutish, asl ahvollarini ko‘rsatish bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda, roman murakkab ijtimoiy siyosiy davrda yaratilgan bo‘lmasin, u o‘sha davrda yaratilgan ko‘plab asarlar singari mafkuraga emas, xalqning ma’naviy kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ijod namunasidir.

“Yorqinoy” pyesasi

Ushbu drama ijtimoiy-falsafiy xususiyatga ega bo‘lib, Cho‘lpon adolatsiz tuzumga qarshi o‘z fikrini shu yo‘l bilan yetkazishgan harakat qilgan. Dramaning markazida Yorqinoy va Po‘lat munosabatlari tursa-da, asar ishq, muhabbat haqida emas. Yorqinoyning sevgisi katta psixologik muammolarni qo‘yishda bir vosita qilib foydalanilgan, xolos. Asarda Yorqinoy ko‘pgina o‘zbek ayollari singari mushtipar, to‘rt devor ichida, o‘z taqdiriga ko‘ngan jabrdiyda emas, balki ko‘pgina o‘zbek eposlarida uchraganday erk yo‘lida kerak bo‘lsa erkaklar bilan tenglasha oladigan matonatli ayol sifatida tasvirlangan. Pyesadagi markaziy Po‘lat personaji yo burch yo sevgi deganda ikkilanmay burchni tanlaydigan qahramondir. U boshqa bir qahramon Qumriga “Seni sevmayman, sevolmayman. Mening ko‘nglimda boshqa narsaning sevgisi”, – deganda kitobxon beixtiyor Yorqinoyni tushunadi, biroq aslida u ona-yurt, vatanga bo‘lgan muhabbatni nazarda tutadi. U Yorqinoyni sevishi mumkin, lekin vatanga muhabbati va burchi bundan ustun turadi. Asar yakunida Po‘lat tilidan ijtimoiy adolat to‘g‘risida ancha yaxshi fikrlar aytiladi. Uzoq kurashib, toj-u taxtga ega bo‘lgan Po‘lat Yorqinoy bilan saodatli hayot kechirish haqida emas, mas’uliyatli ish zahmati va uning ortida xalq turgani haqida o‘yladi. Xulosa qilganda, “Yorqinoy” muhabbatni ta’rif etuvchi romantik ertak emas, balki umumbashariy muammolar haqida bahs yurituvchi, erk, adolat, mardlikni ulug‘lovchi asar hisoblanadi.

“Ko‘ngil” she’ri

Ko‘ngil, sen munchalar nega

Kishanlar birla do‘stlashding?!

Na faryoding, na doding bor,

Nechun sen muncha sustlashding?

Kishan – zulm iskanjasidagi yurti ramzidir. Cho‘lpon eng ko‘p qo‘llagan o‘ziga xos poetik ramz ko‘proq armonni ifodalagan. Sababki, kishan va ozodlik, erkinlik va hurlik bir vaqtda ham birgalikda hech qachon mavjud bo‘lmaydi. Ulardan bir mavjudligi tabiiy ikkinchisini inkor etmay qolmaydi. Inson vujudi-ku mayli, uning ko‘ngli ham kishanlangan bo‘lsa-chi?! – Bu haqiqiy fojiadir.

Tiriksan, o‘lmagansan,

Sen-da odam, sen-da insonsan;

Kishan kiyma, bo‘yin egma,

Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsan!..

Cho‘lpon mustamlakachilikka qarshi kurashib, milliy uyg‘onish g‘oyalarini tarannum etgan holda bizni, xalqimizni hurriyatga, milliy ozodlikka undadi. Bu maqsadga ma’rifat va bilim orqali erishish mumkinligini vaqtida anglay oldi. Birgina biz yuqorida keltirgan asarlar emas, uning butun hayoti (umrining fojiaviy yakuniga qadar) shu g‘oya yo‘lida sarflangan deyish mumkin. Anglashimiz lozim bo‘lgani shuki, bugungi hurlikka biz osonlikcha erishmaganmiz va bundan xulosalar olishimiz shart!

Tayyorladi: Azimjon Shodmonov


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!