$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

O‘z davrining mashhur avtomobili: “Moskvich”ning “yulduzli” davrlari haqida nimalarni bilasiz?

17:35 / 24.05.2022

Sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan “Moskvich” avtomobil brendining qaytarilishi haqidagi xabarlardan so‘ng, ushbu avtomobil haqida o‘tmishdagi yorqin xotiralarni eslash, qo‘msash maʼnosidagi izohlar paydo bo‘la boshladi.

Xo‘sh, ushbu avtomobilning “plyus” va “minus”lari haqida o‘qiganmisiz? Garchi bu rusumdagi avtomobilning ishqibozi bo‘lmasangiz-da, sizni uning tarixi, “yulduzli onlari” qiziqtiradimi?

Quyida “Moskvich”ning tarixiga oid ayrim faktlarga to‘xtalamiz.

Birinchi Moskvich

1946-yil dekabr oyida Sobiq ittifoq markazi Moskva shahrida joylashgan Xalqaro  kommunistik yoshlar nomidagi Moskva avtomobil yig‘ish zavodi shaxsiy foydalanish uchun birinchi sovet yengil avtomobillarini yig‘ishni boshladi. Dastlabki seriali ishlab chiqarilgan Moskvich-400 sedanlari konstruktiv jihatdan nemislarning Opel Kadett K38 modeli bilan bir xil bo‘lgan. Mazkur rusumdagi ilk avtomobil Mrskva shahrining 800 yilligi sharafiga shunday nom olgan.

Avtomobil 23 ot kuchiga ega dvigatel va uch bosqichli “mexanika” bilan jihozlangan. Mashina, shuningdek, gidravlik tormozlar va “oyna tozalagichlar”i bilan maqtanishi mumkin edi. Biroq, ayni paytda uning “povorotnik”lari yo‘q edi. 1950-yillarning birinchi yarmida avtomobilningnavbatdagi modeli – 401 chiqa boshladi. Unda uzatmalar qutisi, divigatel kuchlanishi biroz yaxshilandi hamda salonga o‘zgartirishlar kiritildi.

Moskvich-401 sedandan tashqari, kabriolet va furgon kuzovlarida ham ishlab chiqarilgan. Shuningdek, uyda tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “Moskvich”ning maxsus versiyasi ham tayyorlangan.

Sobiq ittifoqning ilk “universal”i

Ittifoqning ilk besh eshikli avotomobili ham Moskvich-423 bo‘lgan. Birinchi avtomobil 1957-yilda Moskvich-402 bazasida ishlab chiqarilgan va teleskopik amortizatorlar, mustaqil old osma va mustahkamlangan ressorlar bilan jihozlangan. O‘sha paytlarda afrim nashrlarning yozishicha, avtomobil 250 kilogrammgacha yuk ko‘tarishi mumkin bo‘lgan. Orqa eshigi esa boshqa “tengdosh”laridan farqli o‘laroq, chap tomonga ochilgan.

Eng zamonaviy sedan

Tashqi gabariti unchalik ham katta bo‘lmagan Moskvich-407 avtomobilini ayrim ishqibozlar “Volga-21”dan kam sevishmagan. Avtomobil o‘zining bejirim korpusi, qulay yukxonasi, o‘z zamonasi uchun kuchli bo‘lgan 45 ot kuchiga ega dvigatel va to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi bilan ajralib turgan.

Og‘irligi 990 kg bo‘lgan avtomobil soatiga 115 km tezlikka erisha olgan. O‘sha paytda taxminan 2500 rublga mashina saloni esa soat, isitgich va radio bilan boyitilgan. Ko‘p o‘tmay, 407-chi “Moskvich” chet elda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ham qatnashdi: Bryusseldagi Butunjahon avtomobil ko‘rgazmasida sedan oltin medal bilan taqdirlandi. Moskvich-407 1958 yildan 1963-yilgacha ishlab chiqarilgan va ittifoq mamlakatlariga va hatto G‘arbiy Yevropaga ham faol eksport qilingan.

“Birinchi yo‘ltanlamas”

Moskvich-415 yo‘ltanlamasi 1958-yilda ishlab chiqarilgan. Avtomombil ikki eshikli, temir qovurg‘ali hamda tom qismi brezent materiali bilan yopiladigan qilib ishlangan. Mashinaning dizayni biroz Amerikaning Willys‘ini eslatib yuboradi. Ammo bunday tashqi ko‘rinish o‘sha davrning ko‘plab avtomobillariga xos edi. Sobiq ittifoq yo‘ltanlamasi 45 ot kuchiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkita yonilg‘i baki va to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil magistrallarda soatiga 106 km gacha tezlikka erishgan. Mazkur yo‘ltanlamas barcha kerakli zavod sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va ishlab chiqarish uchun tavsiyanoma olgan. Biroq, tarmoq vazirligining eʼtiborsizligi va zavodning ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmagani sababli mashinani seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan.

Nomaʼlum “Moskvich”

Mashhur ZAZ-965 “Zaporojes “ konveyerga 1960-yilda chiqdi. Ammo uning “ajdodi” 1956-yilda ishlab chiqilganini va Moskvich-444 deb nomlanganini aksariyat odamlar bilmaydi.

Prototipning dizayni Fiat 600'ni eslatib yuboradi. Aytishlaricha, Moskva muhandislari o‘sha paytdagi avtomobil sanoati vaziri Strokindan aynan shunday ko‘rsatma olishgan. Avvaliga muhandislar avtomobilni 17,5 ot kuchiga ega mototsikl dvigateli bilan jihozlashga qaror qilishgan, keyinchalik esa bu fikrdan voz kechildi. Natijada, dizaynerlarning tanlovi bilan avtomobilga V shaklidagi to‘rt silindrli 23 ot kuchiga ega motor o‘rnatiladigan bo‘ldi.

Shu tariqa yuqoridagi – 17,5 ot kuchiga ega mototsikl dvigatelli loyiha Zaporojye zavodiga o‘tkazilganda, mashinaga o‘rnatila boshlandi.

"Gagarin raketasi" uslubidagi sedan

1964-yilda ishlab chiqilgan orqa g‘ildiraklari tortuvchi Moskvich-408 sedani Sobiq ittifoq avtomobilsozlik sanoatining mashhur namunalaridan biriga aylandi. Kuzovda aks etgan qiya chiziqlar, o‘ziga xos “qanot”lari, 13 dyuymli g‘ildiraklar va vertikal chiroqlar avtomobilni BMW 1500, Renault 8/10 yoki Opel Kapitan A kabi xorijiy raqobatchilari bilan taqqoslashlariga asos bo‘lgan.

Moskvich-408 sedanining xalqaro ko‘rgazmalardagi ilk “chiqishi” 1964-yilda London avtosalonida bo‘lib o‘tgan. Keyinchalik avtomobil ko‘plab Yevropa mamlakatlariga eksport qilingan.

Mashhur furgon

1967-yilda Sobiq ittifoq avtomobil ishlab chiqaruvchisi “AZLK”da (Avtomobilniy zavod imeni Leninskogo komsomola) o‘z davrining eng mashhur furgoni Moskvich-433 ishlab chiqarila boshlandi. 400 kilogacha yuk ko‘taradigan ikki eshikli Moskvich-408  1,4 litrli dvigatel va to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Yukxona eshigi ikki qanotli bo‘lib, biri yuqoriga ko‘tariladigan, ikkinchisi esa gorizontal ravishda pastga tushiriladigan bo‘lgan.

Bir yil o‘tgach, konveyerga 75 ot kuchiga ega 1,5 litrli UZAM-412 dvigatelli Moskvich-434 modeli chiqdi. Hammasi bo‘lib, avtomobilning uchta modifikatsiyasi mavjud edi: “Yu” – issiq iqlimi bo‘lgan hududlar uchun, “E” – eksport va “P” – o‘ng rulli.

Eng tez rodster (ikki o‘rindiqli kabriolet)

1968-yilda “Avtoeksport” jamoasining “Moskvich-412” sedani Londondan Sidneygacha bo‘lgan marafonda qatnashgan. Bunday tanlovlarda qatnashish avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksport qilinishi rejalashtirilgan avtomobilning ajoyib reklamasi sifatida baholangan. Natijada jamoa umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi va 98 ekipajdan atigi 56 nafari marraga yetib keldi.

Shu bilan birga, zavod mutaxassislari tomonidan “Moskvich-404 Sport” nomli haqiqiy poyga avtomobili ishlab chiqildi. Sport avtomobili bitta nusxada chiqarildi va uch marta Sobiq ittifoq chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, kompaniya 200 km/soat tezlikka erisha oladigan va 1955-yilda Butunittifoq tezlik rekordini o‘rnatgan Moskvich-G1 poyga rodsteri (ikki o‘rindiqli kabriolet)ni ham ishlab chiqargan.

Oxirgi “Moskvich”

1986-yilda AZLK-2141 belgisini va o‘zining “Aleko” nomini olgan ilk old g‘ildiraklari tortuvchi “Moskvich” ishlab chiqarish boshlandi. Mashinaning tashqi ko‘rinishi 1976-yilgi Simca xetchbekiga o‘xshardi, ammo texnik jihatdan bu modeldan farq qilar edi.

“Moskvich” VAZ va   UZAM dvigatellari bilan jihozlangan, model hech qachon o‘z birliklarini olmagan. Eng mashhur Aleko modifikatsiyalari 1,5 va 1,7 litrli dvigatellar bilan jihozlangan. 1997-yildagi qayta dizaynlashdan so‘ng, mashina “Svyatogor” nomi bilan sotila boshlandi.

Sobiq ittifoqning parchalanishi va undan keyingi moliyaviy muammolar “Moskvich” tarixida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Mahalliy avtomobillar bozorni to‘ldirgan xorijiy avtomobillar bilan raqobatlasha olmadi. Yangi ishlanmalar vaziyatni saqlab qolmadi: 1990-yillarning o‘rtalarida AZLK hatto elektromobillarini ishlab chiqdi. Elektromobillarning birinchi prototiplari Moskvich-2141 va Moskvich-2335 avtomobillari seriyasi bazasida qurilgan. Biroq, bozorda qolishga bo‘lgan barcha urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lmadi va 2001-yil kuzida zavodda avtomobillarni yig‘ish to‘liq to‘xtatildi.

2003-yilda korxonani bankrot deb topishga oid jarayonlar boshlandi va 2010-yil sentyabr oyida “Moskvich” OAJ mulki sotilganidan keyin korxona rasman tugatildi.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Xorazmda sochi yoyilgan qizni kaltaklagan maktab direktori ishdan olindi

Bunga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i asos bo‘lgan.
12:51 / 30.04.2025
KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

KXDRning taxminan 600 nafar harbiylari Ukraina urushida halok bo‘lgan

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR Rossiya tomonida urushda qatnashish uchun Ukrainaga taxminan 15 ming na…
16:30 / 30.04.2025
Tramp Putinning urushni to‘xtatishiga ishonishini aytdi

Tramp Putinning urushni to‘xtatishiga ishonishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, garchi Rossiya qo‘shinlari hujumlarni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, Vladi…
12:44 / 30.04.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

Ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov “Barselona”ga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
09:21 / 02.05.2025
Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari  soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da qurshab olingan va  soat…
08:28 / 01.05.2025
2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

2024-yili Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa uchun 1,9 milliard dollar sarfladi. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotl…
21:14 / 01.05.2025
Qozog‘iston investorlar uchun “oltin viza” joriy etmoqda

Qozog‘iston investorlar uchun “oltin viza” joriy etmoqda

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi investitsiya vizalarini olishning yangi qoidalarini tasdiqladi.
11:12 / 01.05.2025
Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchi shahriga tashrif buyurdi

Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchi shahriga tashrif buyurdi

Joriy yilning 29-30-aprel kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasining Urumch…
14:20 / 30.04.2025
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilish ishlari boshlandi

“Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzak tumanida 29-aprel kuni Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li loyihasi doirasi…
09:51 / 30.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!