Toşkent şahrida zararli APK fayllari va fişing havolalari orqali fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari hamda bank kartalariga oid ma’lumotlarni qölga kiritgan ikki şaxs uşlandi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ularning harakatlaridan Özbekistonda minglab fuqarolar jabrlangan bölişi mumkin. Bu haqda Toşkent şahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida içki işlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar ötkazilgan. Gumonlanuvçilardan birining xonadonidagi kompyuter va telefonlar tekşirilganda, u Telegram foydalanuvçilariga zararli APK fayllari hamda fişing havolalarini yuborib kelgani aniqlangan.
U mazkur havolalarni “Omad şou” va “Soliq” logotiplari ostida tarqatib, fuqarolarning Telegram akkauntlarini egallaşga uringan. Tekşiruv davomida gumonlanuvçi 2795,13 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarni, ya’ni qariyb 33 million 411 ming sömni qabul qilib, boşqa bank kartalariga ötkazgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida yana bir şaxsga tegişli iPhone 15 Pro Max telefoni ham tekşirilgan. U yaşirin internet saytlari orqali zararli APK fayllarini yaratiş bilan şuğullangani aniqlangan. Elektron ma’lumotlar tahlilida jami 4202 USDT (qariyb 50 million 228 ming söm) miqdoridagi 12 ta tranzaksiya qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan har ikki şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!