Toşkent viloyatining Böka tumanida qarindoşi va hamkasbiga qarşi soxta ayblovlar uyuştirib, ularning sudlanişiga sabab bölgan 58 yoşli erkak 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U bilan birga yana beş kişi ham sudlangan.
Sud materiallariga köra, xususiy korxona rahbari bölgan D.N. qarindoşi D.Z. bilan yer masalasida kelişmovçilikka borgan. Şundan söng u D.Z.ning 2011-yillarda kreditga kafillik uçun imzolab, muhr bosib bergan oq qoğozlaridan foydalangan. Ularga 2020-yilda göyoki 360 million va 342 million söm qarz olingani haqida soxta yozuvlar kiritib, jami 702 million sömlik tilxatlar tayyorlagan.
D.N. uşbu hujjatlarni 2022-yil avgustida Böka tuman prokuraturasiga taqdim etgan. Soxta ayblovni tasdiqlaş uçun ayrim guvohlarga pul va’da qilingan. Jumladan, S.R.ga 40 million, R.Ğ.ga esa 10 million söm taklif etilgan. S.R. voqeani körmagan bölsa-da, pul beriş jarayonini batafsil tasvirlab, yolğon körsatma bergan. Va’da qilingan mablağning 6,6 million sömi unga berilgan.
Tilxatlar böyiça ötkazilgan dastlabki ekspertiza D.Z. va uning rafiqasini yozuvlarni yozgan deb topgan. 2023-yil 23-yanvarda Böka tuman sudi ularni aybdor deb topgan. Natijada D.N. D.Z.ning qizi nomidagi 452 million sömlik xonadon va 102 million sömlik Damas avtomobilini öziga ötkazib olgan. Yana 148 million söm depozit hisobvaraği orqali undirilgan.
Biroq iş Oliy sudda qayta körib çiqilib, komissiyaviy xatşunoslik ekspertizasi tayinlangan. 2025-yil 5-dekabrdagi xulosaga köra, qarz haqidagi yozuvlarni D.Z. ham, uning rafiqasi ham yozmagan. Avvalgi ikki ekspertiza xulosasi ilmiy asoslanmagan deb topilgan. 2025-yil 19-dekabrda Oliy sud D.Z.ga nisbatan çiqarilgan sud qarorlarini bekor qilib, uni oqlagan.
D.N. 2023-yil oktabrida hamkasbi A.R.ga qarşi ham 15 ming dollar qarz olgani haqida yolğon ariza bilan murojaat qilgan. Bu işda ham guvohlar pul yoki qarzdan ozod qiliş evaziga yolğon körsatma bergan. 2024-yil 20-avgustda A.R. firibgarlikda aybdor deb topilgan, biroq iş qayta körib çiqilib, 2025-yil 20-martda Toşkent viloyat sudi uni oqlagan.
Ma’lumotlarga köra, D.N. bilan birga yana beş kişi sudlangan. Ularning tört nafari jabrlanuvçilarga qarşi pul yoki boşqa manfaat evaziga yolğon guvohlik bergan. IIV huzuridagi Ekspert-kriminalistika markazi boş eksperti E.K. esa yetarli yozuv namunalari bölmagan holda asossiz ekspertiza xulosasi bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!