Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega mamlakatlar soni 57 dan 93 tagacha ko‘payadi. 36 ta yangi mamlakatga Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash va O‘zbekiston kirdi.
Shuningdek, ushbu qaror bo‘yicha tashrif buyuruvchilarning qolishi ham 60 kungacha uzaytirilgan. Qolaversa, ishlashni va sayyohlik joylariga tashrif buyurishni istagan mehmonlar 180 kungacha bo‘lgan besh yillik vizalarni olishlari mumkin. Ular ilgari har biri 30 kundan atigi ikki marta qolish huquqiga ega edilar.
Bundan tashqari, chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil ushbu mamlakatda qolishga ruxsat berildi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari kerak edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!