Belarus Tojikiston fuqarolariga oyiga 750 dollardan 1 200 dollargaça maoş bilan işlaş imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi ma’lum qildi.
Tojikiston fuqarolarini iş bilan ta’minlaş maqsadida Belarusning Grodno viloyatidagi 10 dan ortiq korxona bilan hamkorlik şartnomalari imzolangan. Iş beruvçilar migrantlarni turar joy, qisman ovqatlaniş va maxsus iş kiyimlari bilan ta’minlaşni va’da qilmoqda. Işga joylaştiriş xizmatlari bepul körsatiladi.
Böş iş örinlari quriliş, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, oğir sanoat, xizmat körsatiş va transport sohalarini qamrab oladi. Nomzodlardan rus tilini biliş, sudlanmagan böliş va soğliği yaxşi bölişi talab etiladi.
Ma’lumot uçun, iyul oyida Belarus Özbekiston fuqarolariga ham iş taklif qilgan edi. Şundan söng Andijon viloyatidan 250 dan ortiq fuqaro qişloq xöjaligi va çorvaçilik sohalarida vaqtinçalik işlaş uçun Belarusga borgan. Biroq migrantlar ularga taklif qilingan 500 dollarlik maoşdan norozilik bildirgan.
Şundan keyin Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko köproq daromad topmoqçi bölgan özbekistonliklarga Rossiyada işlaşni tavsiya qilgan. Keyinçalik Özbekiston Migratsiya agentligi fuqarolarga Belarusda oilasi bilan yaşaş va işlaş imkonini beruvçi vakansiyalarni taklif qilgan.
Hozirda Tojikiston fuqarolari uçun Belarusning Grodno viloyatidagi korxonalarda turli sohalar böyiça işga joylaşiş imkoniyatlari taklif etilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!