$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining sovgʻa olish tartibi belgilandi

09:41 / 13.03.2023

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek, uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Unga koʻra, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olishi mumkin.

Oʻzbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovgʻa olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovgʻa quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar boʻlishi;

– sovgʻa xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan boʻlishi;

– sovgʻa ochiq va oshkora qabul qilinishi;

– davlat organining obroʻsiga putur yetkazmasligi;

– manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovgʻani tadbirdan kelgandan soʻng 3 ish kunida xoʻjalik boʻlimiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovgʻaning qiymati aniq boʻlmasa, xoʻjalik boʻlimi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln. soʻmdan) koʻp boʻlmasa, sovgʻa davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovgʻa qiymati BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlsa, u moliya-iqtisod boʻlinmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

Tez yaroqsiz holga keluvchi sovgʻalar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya toʻplamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovgʻa sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovgʻalar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.


Bu ham qiziq

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Toshkentda Onix urib yuborgan 20 yoshli qiz vafot etdi

Montserrat12pt Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafo…
11:34 / 26.10.2026
Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida erining qonuniy rafiqasi va uning ikki qiziga piçoq bilan hujum qilgan 29 yoşli ayolga s…
11:59 / 26.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijonda qorovul stavkasini oşiriş evaziga 4,5 mln söm olgan maktab direktori jazolandi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida qorovulning iş stavkasini 0,6 dan 1 stavkaga oşirib beriş evaziga 4,5 million söm olgan …
10:22 / 27.10.2026
Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Özbekistonda birlamçi tibbiy yordamning yangi tizimi yana 100 ta tumanda joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev birlamçi tibbiy yordam sifatini oşirişga qaratilgan yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumand…
11:55 / 27.10.2026
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan yangi milliy kino…
17:47 / 26.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!