Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Onix rusumli avtomobil urib yuborgan 20 yoshli qiz shifoxonada vafot etdi. Yo‘l-transport hodisasi 2026-yil 22-oktabr kuni soat 15:00 atrofida KXAY ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2006-yilda tug‘ilgan haydovchi avtomobilni boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizni urib yuborgan.
Hodisa guvohlarining aytishicha, zarbadan so‘ng qiz og‘ir jarohat olgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilib, jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan. Biroq shifokorlar ko‘rsatgan yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan qiz oliy ta’lim muassasasining ikkinchi bosqichida tahsil olgan. Hodisa sodir bo‘lgan hududda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida svetofor o‘rnatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!