Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indeksi böyiça poytaxtdagi örtaça körsatkiç “yaşil” darajaga yetdi. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 5-noyabr kuni soat 20:00 dan boşlab xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça Toşkent havosi “nosoğlom” darajaga tuşgan. Yarim tundan keyin vaziyat yaxşilanib, tonggi soatlarda havo sifati “örtaça” darajada qayd etilgan. Milliy indeks böyiça esa şahar körsatkiçi yarim tungaça “sariq”, undan keyin “yaşil” darajaga ötgan.
Qömita ma’lumotiga köra, atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Uni yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar ham davom ettirilmoqda.
Jumladan, Ekologiya qömitasi Ekopolitsiyasi xodimlari fuqarolar murojaatlari asosida Toşkentdagi “N.H.P” MÇJ faoliyatini örgangan. Tekşiruvda korxona tomonidan bir qator ekologik talablar buzilgani aniqlanib, tegişli çoralar körilgan va körsatmalar berilgan.
Şuningdek, poytaxtdagi yana bir quriliş obyektida ekologik qonunçilikning jiddiy buziliş holatlari aniqlanib, zarur çoralar belgilangan. Ösimlik qoldiqlarini yoqişning salbiy oqibatlari va buning uçun qonunçilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan ham jamoatçilikka ma’lumot berilgan.
Hozirda Toşkentda havo sifatini yaxşilaş böyiça işlar va atmosfera havosi monitoringi davom etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!