5-may kuni soat 16:25 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
Ma’lum qilinishicha, M. Ulug‘bek ko‘chasida harakatlanib kelayotgan “Equinox” rusumli avtomobilning 73 yoshli haydovchisi sog‘ligi yomonlashgani sabab boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga borib urilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Biroq jami 15 ta transport vositasi texnik shikastlangan. “Equinox” haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!