$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

“O‘zbekneftgaz” tarmog‘idagi “zapravka”larda benzin narxi 6500 so‘m qilib belgilandi

11:13 / 17.12.2021

“O‘zbekneftgaz” AJ jamiyatga tegishli AYoQShlarda Ai-80 markali benzinining narxini 6500 so‘m qilib belgilaganini ma’lum qilmoqda.

“Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqildi”, – deyiladi “O‘zbekneftgaz” xabarida.

Tashkilot matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli AYoQShlarda bugun, 17 dekabr kunidan boshlab “AI-80” markadagi benzin 6890 so‘mdan arzonlashtirilib, har bir litri uchun 6500 so‘m narxda sotuvga chiqarilgan.

“Respublika hududidagi “O‘zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.

“O‘zbekneftgaz” mazkur tadbirni so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda benzin taqchilligi sabab turli tanqidiy muhokamalar bo‘layotgani bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabardor.uz birja savdolariga qo‘yilayotgan Ai-80 benzinining narxlari nega “o‘ynayotgani” va bundan nega oddiy aholi jabr ko‘rishi kerakligi haqida katta material e’lon qilgan edi.

Shuningdek, birja savdolarida benzin narxining shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar qanday kechayotganiga oid brokerlar ishtirokida suhbat uyushtirilgan edi. 

Bundan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJ o‘z mahsulotini (Ai-80 markali benzinni) birja savdolariga bir sessiya va bir kontrakt bilan emas, balki turli kontraktlarda sotuvga qo‘yayotgani sun’iy taqchillikni keltirib chiqarayotgani haqida ham material e’lon qilingan edi.


Bu ham qiziq

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

O‘zbekistonda o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish…
14:43 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!