Pokiston hukumati aholi qutqaruv ishlariga milliardlab dollar sarflashga tayyor.
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) kengashi Pokistonning qutqaruv dasturining ettinchi va sakkizinchi bosqichlarini ko‘rib chiqdi.
Unga ko‘ra naqd pul tanqisligi bo‘lgan mamlakatga 1,17 milliard dollar mablag‘ ajratiladi.
Moliya vaziri Miftoh Ismoilning ta’kidlashicha, XVJ dasturni bir yilga uzaytirishga va mablag‘larni 1 milliard dollarga ko‘paytirishga rozi bo‘lganini aytdi.
Mablag‘ hozircha suv toshqinlaridan aziyat chekayotgan, uyidan ayrilgan aholi vakillariga sarflanadi.
“XVJ kengashi bizning EFF dasturimizni qayta tiklashni ma’qulladi. Endi biz 1,17 milliard dollar miqdoridagi 7 va 8-trashlarni olishimiz mumkin”, – dedi Ismoil.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!