Bugun, 6-fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobodda joylashgan shia masjidida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘lgan va 169 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan. Portlash juma namozi vaqtida, Islomobodning janubi-sharqidagi Tarlai Kalan hududida joylashgan “Xadijat-ul Kubro” masjidida yuz bergan.
Portlash sabablari hozircha aniq emas, biroq xabarlarda hodisa xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgani taxmin qilinmoqda. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif sodir bo‘lgan voqeani qoralab, halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Qayd etilishicha, jabrlanganlar Islomobod hamda Ravalpindi shaharlaridagi tibbiyot muassasalariga yetkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!